AsosiyJamiyat

Toshkentda "TaxinTashkent 2023" g`oliblari aniqlandi

'Toshkentda "TaxinTashkent 2023" g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasidagi  "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o`z nihoyasiga etdi. 

MDH mamlakatlarining Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida o`tkazilishi an`anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagisi Fiskal institutda o`tkazildi. 

Qizg`in bahs va munozaralarga boy tarzda o`tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta`lim muassasalaridan yig`ilgan talaba-yoshlar o`zlarining soliq sohasidagi bilim va ko`nikmalarini namoyish etdilar. 

Tanlov yakuniga ko`ra:

1-o`rinni Toshkent davlat yuridik universiteti;

2-o`rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti;

3-o`rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do`stligi universiteti jamoalari qo`lga kiritdi.

Fiskal institut talabalari ingliz tilida bo`lib o`tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida ham munosib ishtirok etib, 2-o`rinni qo`lga kiritdi. G`oliblik esa Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.

    Boshqa yangiliklar