AsosiyJamiyat

Qarshi — Toshkent yo`nalishida "Lasetti"dan kelib chiqishi noma`lum 118 kg. go`sht aniqlandi

'Qarshi — Toshkent yo`nalishida "Lasetti"dan kelib chiqishi noma`lum 118 kg. go`sht aniqlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala tumanida avtomashinasida kelib chiqishi noma`lum go`sht mahsulotlarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Joriy yilning 11 may kuni Ko`kdala tumani «Umakay» muntazam YPX maskanida Qarshi — Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelgan Lacetti rusumli avtomashina to`xtatib tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomashina salonidan va yukxonasidan kelib chiqishi noma`lum bo`lgan go`sht mahsulotlari aniqlangan.

Shundan so`ng Ko`kdala tumanida yashovchi E Sh.ning boshqaruvidagi avtomashinadan 118 kg go`sht hujjatlashtirib olingan.

Go`sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekshiruvidan o`tkazilganda iste`molga yaroqsizligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan fuqaroga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, go`sht mahsulotlari yo`q qilindi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar