AsosiyJinoyat

Navoiyda boshqa mijozlarni kutishni istamagan yo`lovchi haydovchining mashinasini olib qochdi

'Navoiyda boshqa mijozlarni kutishni istamagan yo`lovchi haydovchining mashinasini olib qochdi'ning rasmi

Boshqa yo`lovchilarni kutishni istamagan mijoz avtomashinani olib qochdi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Holat joriy yilning 17 may kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yuz bergan. 35 yoshli fuqaro R.F. Nexia rusumli avtomashinasida Navoiy–Qiziltepa yo`nalishi bo`yicha kirakashlik qilish uchun yo`lovchi kutib turgan vaqtida noma`lum bir erkak kishi kelib, uni Qiziltepa tumani markaziga olib borib quyishini so`ragan. Haydovchi bunga rozi bo`lganidan so`ng mijoz avtomashinaga o`tirgan, u esa boshqa yo`lovchilarni izlashni davom ettirgan. Shundan so`ng mijoz uning avtomashinasiga o`tirib, uni boshqa yo`lovchilarga chalg`iganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochgan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan avtomashinani Karmana tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 187-km oralig`ida noma`lum shaxs tomonidan boshqarib ketilayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Qiziltepa tumanida yashovchi, “Shizoaffektiv buzilishi aralash tipi” tashxisi bilan Asab va ruhiy kasalliklar dispanserida ro`yxatda turuvchi 34 yoshli K.I. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar