Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev 19 may kuni Sian shahrida Qozog`istonning Bosh konsulligini ochdi, deb xabar beradi “Trend”.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko`ra, Qosim-Jomart Toqaev Xitoy tomoniga mamlakat diplomatik vakolatxonasini ochishda ko`rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan.
"Biz rais Si Szinpin bilan juda mazmunli muzokaralar o`tkazdik. Qo`shma bayonot va boshqa muhim hujjatlar imzolandi. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu tashrif Qozog`iston-Xitoy hamkorligining yangi "oltin 30 yilligini" ochdi. Albatta, joriy tashrif alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik tarixida yana bir muhim voqea – Sian shahrida Bosh konsulxonaning ochilishi kutilmoqda. Sian “Bir kamar, bir yo`l” iqtisodiy loyihasining muhim nuqtasidir. Qozog`iston bilan Shensi va Sian provinsiyalari o`rtasida yaqin aloqalar o`rnatilgan. Chimkent shahri ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi”, — dedi Tokaev.
Yakunida u Sian shahrida Qozog`iston konsulligining ochilishi hamkorlik rivojiga yangi sur`at bag`ishlashini qo`shimcha qilgan.
Qozog`iston Shensi provinsiyasida o`z diplomatik vakolatxonasini ochgan Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir.
XXRning yirik sanoat, tarixiy va madaniy mintaqasida Qozog`istonning Bosh konsulligini tashkil etish to`g`risidagi farmon Prezident tomonidan 2022 yil 5 noyabrda imzolangan. Konsullik binosida diplomatik korpus bilan birga Qozog`istonning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish maqsadida milliy kompaniyalar vakolatxonalari ham joylashagan.






