Avvalroq Yaponiyaning Xirosima shahriga borishi aytilgan Vladimir Zelenskiy Jiddaga uchib bordi. Bu haqda u Telegram kanalida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
"Arab davlatlari ligasida chiqish qilaman. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saud bilan uchrashib, ikki taraflama muzokara o`tkazaman", — deb yozgan Zelenskiy.
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxtida Arab davlatlar ligasi sammiti boshlanadi.
Ukraina prezidenti u erga Polsha orqali fransuz samolyotida uchib bordi.
Uning so`zlariga ko`ra, muzokara "tinchlik formulasi" va keyingi yil qishda mamlakatning energetik xavfsizligini ta`minlash to`g`risida bo`ladi.






