AsosiyJamiyat

Poytaxtda ish boshlagan O`zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumida dunyo ekspertlari o`zaro tajriba almashishmoqda

'Poytaxtda ish boshlagan O`zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumida dunyo ekspertlari o`zaro tajriba almashishmoqda'ning rasmi

Bugun, 19 may kuni poytaxtda O`zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumi o`tkazilmoqda. Bu haqda forumda ishtirok etayotgan Darakchi.uz` muxbiri xabar bermoqda.

Unda Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Qozog`iston, Niderlandiya, BAA, Xitoy kabi 24 davlatdan 50 nafar ma`ruzachi va 500 nafardan ortiq delegat ishtirok etmoqda.

O`zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumidan ko`zlangan maqsad mahalliy va xorijlik ekspertlarning o`zaro muloqotini tashkil etish, tajriba almashish, shuningdek, yoqilg`i-energetika sohasidagi o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Ushbu tadbir mamlakat energetika tizimining integrasiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.

Forumda energetika sohasini rivojlantirish rejalari, xususan, mamlakatimizda va mintaqada mavjud dolzarb muammolar tahlil etildi. Jahon tajribasi asosida ularni bartaraf etish yo`llarini muhokama qilish bo`yicha davlat hokimiyati, ekspertlar hamjamiyati va xususiy biznes vakillari uchun bu uchrashuv katta maydon hisoblanadi.  

Forum doirasida tashkil etiladigan “Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo`limida global miqyosda toza va barqaror energiya masalalari tahliliga e`tibor qaratilmoqda. Unda xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari sohaga oid dolzarb mavzular yuzasidan fikr yuritdi.  

III-Xalqaro energetika anjumani eng dolzarb mavzularni qamrab oluvchi quyidagi 6 ta sessiyani o`z ichiga oldi:

•  Energetika sohasining ekologik jihatlari.

•  O`zbekiston energetika infratuzilmasiga qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etishning ilg`or mexanizmlari.

•  Atom energetikasini joriy qilish - uglerod neytralligini ta`minlash asosi.

•  Tarkibiy transformasiya O`zbekiston elektr energetikasining innovasion ekotizimini kengaytirish asosi sifatida.

•   Vodorod energetikasi.

•  Istiqbollar, tendensiyalar va texnologik muammolar.

 

    Boshqa yangiliklar