Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`lim tomonidan gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda, “S.B.” MChJ mas`ul shaxslari Ozod sharq ko`chasida qurilayotgan ko`p qavatli uy-joyda 26 dona isitish qozonlari hamda 25 dona PG 4-gaz jihozlarini gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulaganliklari oqibatida 754,1 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






