AsosiyJamiyat

ETTB Nukusda shamol elektr stansiyasini qurishga 19 mln AQSh dollari yo`naltiradi

'ETTB Nukusda shamol elektr stansiyasini qurishga 19 mln AQSh dollari yo`naltiradi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Nukus shahrida shamol elektr stansiyasi quriladi. Bu bo`yicha Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o`rtasida kredit shartnomasi imzolandi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.

Unga ko`ra, loyiha doirasida bank 19 mln AQSh dollari kredit mablag`lari yo`naltiradi.

Mazkur elektr stansiyasining quvvati 100 MVtni tashkil etib, ETTB dasturi doirasida O`zbekistonga umumiy quvvati 2000 MVt bo`lgan shamol energetikasi quvvatlarini yaratishda yordam beradigan birinchi loyiha hisoblanadi.

Umuman, bank tomonidan moliyalashtiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining quvvati 2700 MVtgacha oshirilishi ta`kidlangan.Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda o`z faoliyatini boshlaganidan buyon ETTB iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 3,4 milliard evrodan ortiq 100 ta loyiha va dasturni moliyalashtirishni ma`qullagan (893 million evrolik 7 ta loyiha ishlab chiqilmoqda). O`zbekiston MDH davlatlari orasida ETTB sarmoyalarini eng ko`p oluvchi davlat hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar