“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Dushanbe yo`nalishi bo`yicha HY717 sonli reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keldi.
Samolyotning qaytishiga Dushanbe aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) sabab bo`lgan.
Toshkent vaqti bilan soat 10:04 da samolyot uchish aeroportiga kelib qo`ndi. Soat 11:31 da esa bortida 174 yo`lovchi bo`lgan samolyot Dushanbe aeroportiga uchib ketdi.






