AsosiyDunyo

Rossiyada sodir bo`lgan YTHda 4 nafar o`zbekistonlik jarohatlandi

'Rossiyada sodir bo`lgan YTHda 4 nafar o`zbekistonlik jarohatlandi'ning rasmi

Joriy yil 15 may kuni ertalab Moskva va Sankt-Peterburg oralig`idagi M-11 trassasida daxshatli YTH sodir bo`ldi. 

Mamlakat OAVlariga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi jabrlanuvchilari 4 nafar O`zbekiston fuqarolari bo`lishgan.

Bir nechta avtomobil ishtirokidagi avariyada  jabrlangan to`rt nafar o`zbekistonliklardan ikki nafarining ahvoli og`ir. Ular Tosno klinik tumanlararo kasalxonasiga olib ketilgan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, tezlik me`yoriga amal qilmaslik va mashinalar orasidagi yaqin masofa avariyaga sabab bo`lgan. Guvohlar engil avtomobil va mikroavtobus to`qnashgani, oqibatda avtobus ag`darilganini aytgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Qozog`istonda sodir bo`lgan YTHda ham o`zbekistonliklar jarohatlangani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar