AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va engil avtomobil haydovchilari o`rtasida janjal yuz berdi (video)

'Toshkentda avtobus va engil avtomobil haydovchilari o`rtasida janjal yuz berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Aviasozlar" bekatida avtobus va engil avtotransport haydovchilari o`zaro tortishayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Toshshahartransxizmat» Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilganda, mazkur holat "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "SAZ LE-60" rusumli 106-sonli avtobus yo`nalishi haydovchisi T.D. hamda lisenziyasiz yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi engil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 106-sonli avtobus haydovchisi «Aviasozlar» bekatiga etib kelganida bekat engil avtotransport vositalari bilan to`liq band qilingani sababli yo`lovchilarni yo`lning harakat qismida tushirishga majbur bo`lingan.

Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan engil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko`rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilingan.

    Boshqa yangiliklar