AsosiyJamiyat

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar dastur asosida 550 ming aholini o`qitib kambag`allikdan chiqarish choralarini ko`rish vazifasi yuklatildi

'Mutasaddilarga yil yakuniga qadar dastur asosida 550 ming aholini o`qitib kambag`allikdan chiqarish choralarini ko`rish vazifasi yuklatildi'ning rasmi

 “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yo`lak” tartibi qo`llaniladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, er va bino-inshootlar bilan ta`minlashda qo`shimcha engilliklar beriladi:

- er, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda bo`lib to`lash imkoniyati yaratiladi;

- qiymati 50 milliard so`mdan yuqori loyihalar bo`yicha infratuzilma xarajatlari to`liq qoplab beriladi.

Soliq va bojxona imtiyozlari to`liq berilishini, arzon kreditlar o`z vaqtida ajratilishini ta`minlamagan rahbarlarga javobgarlik choralari ko`rib boriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon bo`lishi zarurligini qayd etdi.

Vazirlar Mahkamasi, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga joylarga chiqib, tadbirkorlar ko`targan muammo va takliflarni o`rganish va ularga ko`maklashish topshirildi.

Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini o`qitib, kambag`allikdan chiqarish choralarini ko`rish vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar