“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan:
- kamida 20 foiz kambag`al oila a`zosini bir yil davomida ish bilan ta`minlasa, mol-mulk va er soliqlaridan ozod qilinadi;
- kambag`al oila a`zosi daromad solig`idan ozod qilinadi;
- 5 million so`mgacha ish haqi to`layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.
Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona ma`murchiligida engilliklar oladi. Xususan:
- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi;
- ularga qo`shilgan qiymat solig`i, shuningdek, ortiqcha to`langan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;
- qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;
- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to`lash imkoni beriladi;
- bojxona to`lovlarini sug`urta kafolatisiz olti oyga bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat beriladi.






