AsosiyJamiyat

2023 yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambag`allikdan chiqarildi

'2023 yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambag`allikdan chiqarildi'ning rasmi

Prezident raisligida kambag`allikni qisqartirish va aholi bandligini ta`minlashda yangi bosqichga o`tish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Qayd etilganidek, oxirgi uch yilda kambag`allikni qisqartirish bo`yicha alohida tizim joriy qilinib, moliyaviy instrumentlar, infratuzilma masalalari hal qilindi.

Joriy yil boshida tumanlar 5 ta toifaga ajratilib, har biriga sharoitiga qarab engilliklar berildi.

Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so`m kredit va 1,5 trillion so`m subsidiyalar ajratilmoqda.

Natijada o`tgan yili 1 million nafar, 2023 yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambag`allikdan chiqarildi.

“Uchta daftar” va Ijtimoiy himoya reestri orqali 2 million 300 ming muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan vatandoshlarimiz moddiy yordam bilan to`liq qamrab olindi.
 

    Boshqa yangiliklar