Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Uchtepa tumanida yashovchi A.S. 200 ming so`mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab, har birini 60 ming so`mdan sotib kelayotganligi aniqlanib, undan 10 dona 200 ming so`mlik qalbaki kupyuralar, jami 31 dona A4 formatdagi qog`ozda chop etilgan 200 ming so`mlik kupyuralar, rangli printer va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
15.05.2023 15:04
Toshkentda 200 ming so`mlik qalbaki pullarni ishlab chiqarib sotayotgan fuqaro ushlandi






