AsosiyJamiyat

Toshkentda 12 yoshli qizning o`limi yuzasidan sud yopiq tarzda bo`ladi - Oliy sud

'Toshkentda 12 yoshli qizning o`limi yuzasidan sud yopiq tarzda bo`ladi - Oliy sud'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning o`limi bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi “v”, “j”, “z”, “o” bandlari, 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 2-qismi “v” bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 137-moddasi (odam o`g`rilash) 3-qismi “b” bandi va 226-moddasi (ma`muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan A. T. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudining ish yurituviga kelib tushdi. 

Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko`rib chiqilib, qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar