O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Havo harorati kunduzi +33...+35 darajani tashkil etadi.
Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, 16 mayda Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg`ir kuchli yog`ishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, hafta davomida harorat quyidagicha bo`ladi:
— Ertaga kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja;
— Chorshanba kuni kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +17....+22 daraja;
— Payshanba kuni kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja;
— Juma kuni kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja.
15-16 may kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 17 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 23-25 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda bugun va ertaga yog`ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol yo`nalishi birozdan o`rtachagacha o`zgarib turadi, chorshanba kuni 12-15 m/s.gacha kuchayishi mumkin.
Harorat ertaga kechasi +18...+20 darajani, kunduzi +29...+31 darajani tashkil etadi. Chorshanba kuni kechasi +16...+18 daraja bo`ladi, kunduzi +20...+22 darajagacha pasayadi. Payshanba kuni kechasi +12...+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23...+25 darajagacha biroz ko`tariladi.






