Mir Alisher Navoiy Hirot hukmdori Sulton Husayn ibn Mansur ibn Boyqaroning yaqin insonlaridan biri va ishonchli maslahatchisi bo`lgan. U 1472 yilda Mir unvoniga ega bo`lgan. Bu unvon odatda urug` boshlig`ini bildirgan va «amir» so`zining qisqartirilgan shakli bo`lgan. Biroq, u 1487 yilda boshqa mansablar qatorida amirlikdan ham voz kechgan. Astrobod hokimi lavozimini tark etga bo`lsa ham, unvonini saqlab qolishda davom etdi.
Alisher Navoiyning mavqei uning urug`lar ierarxik tuzilmasidan tashqarida turishi bilan bog`liq edi. U bolaligidan sulton Husayn xizmatida bo`lib, unga ergashgan, fidoyiligini namoyish etgan. Natijada davlatning barcha muhim ishlari unga ishonib topshirilib, “Muqarrabu hazrati sultoniy” (Sultonning ishonchli odami) faxriy unvoni berilgan. Amirlikdan voz kechishi bilan u saroyda yanada ko`proq hurmatga sazovor bo`lgan.
Manbalar uning ulkan shaxsiy boylikka ega bo`lganini ta`kidlagan, bu uning san`atga bo`lgan qiziqishi bilan bir qatorda Sulton Husaynning Hirot saroyidagi madaniy hayotga homiylik qilish imkonini bergan. Shuningdek, Alisher Navoiy turk va fors ziyolilarining, jumladan, do`sti Abdurahmon Jomiyning uchrashuvlariga tez-tez mezbonlik qilish uchun shaxsiy saroyiga egalik qilgan.
“O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumiga oid “Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi bezakli qo`lyozmalari”, 19-jild.
15.05.2023 11:52
Navoiyning qancha boyligi bor edi?






