AsosiyDunyo

Turkiyada o`tayotgan saylovlarda uch kishi halok bo`ldi

'Turkiyada o`tayotgan saylovlarda uch kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik. 
TRT telekanalining xabar berishicha,turli viloyatlarida saylov uchastkalarida uch kishi halok bo`lgan.

Prezident Rajab Toyib Erdog`anning vatani Rize viloyatida hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining saylov komissiyasi a`zosi 64 yoshli Sheref Kurt hushidan ketgan va saylov qutisiga qulab tushgan. Shifokorlar kelguniga qadar fuqarolar unga yordam berishga harakat qilgan. Kasalxonada esa shifokorlar uning o`lganini e`lon qigan.

Rizega qo`shni Trabzon viloyatidagi Akchabaat tumanida 75 yoshli Aysel Ulusoy saylov uchastkasidagi ovoz berish kabinasida o`zini yomon his qilgan. U hushini yo`qotdi. Shifokorlar uning yurak xurujidan o`lganini e`lon qilgan. Trabzon yaqinidagi Giresun viloyatida esa 85 yoshli saylovchi saylov qutisi yonida birdan hushidan ketgan. Doktorlar yordamiga qaramay, uni saqlab qolishning imkoni bo`lmagan. U ham yurak xurujidan vafot etgan.

Bundan tashqari, Shanliurfa viloyatida turli siyosiy qarashlar sabab ikki mahalliy klan a`zolari o`rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan. Og`zaki janjal tezda tosh va tayoqlardan foydalangan holda jismoniy to`qnashuvga aylangan. Ammo asosan jangovar mashinalarga zarar etgan. Jiddiy qurbonlar bo`lmagan.

Mersin shahrida esa saylov uchastkalaridan birida turli prezidentlikka nomzodlarning ikki tarafdori o`rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Kichik mushtlashuvdan so`ng posbonlar raqiblarni ajratib olgan.

Shuningdek, Kojaeli viloyatida saylov uchastkasiga kiraverishda mushtlashuv kelib chiqqan. Bunga ovoz berishni xohlovchilar tirbandligi sabab bo`lgan. Polisiya fuqarolarni tinchlantirib, tibbiy yordamga muhtojlar uchun tez yordam chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar