Bugun, 13 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Italiya poytaxti Rimga bordi. Bu haqda Zelenskiy o`zining telegramdagi kanalida ma`lum qildi.
“Tashrif Ukrainaning g`alabasi uchun muhim”, deb yozgan Ukraina rahbari.
Ma`lumot uchun, safar davomida Zelenskiy Italiya Prezidenti Serjio Mattarella va Bosh vazir Jorjia Meloni, shuningdek, Rim papasi Fransisk bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.






