2023 yil 13 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo`lib o`tdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda ta`minlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Prezident – Shavkat Mirziyoev nomzodini O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo`llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomzodini ilgari surish bo`yicha tegishli qaror qabul qilindi.
13.05.2023 13:36
⚡️"Milliy tiklanish" partiyasi O`zLiDeP bilan birgalikda Prezident – Shavkat Mirziyoev nomzodini qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi






