AsosiyJinoyat

Samarqandda jinoiy guruh fuqaroning qo`ylarini bo`g`izlab egasiga tahdidomuz xat qoldirdi

'Samarqandda jinoiy guruh fuqaroning qo`ylarini bo`g`izlab egasiga tahdidomuz xat qoldirdi'ning rasmi

Camarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan fuqaroning qo`ylarini bo`g`izlab, talon-toroj qilgan holda tahdidli xat qoldirib ketgan jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2023 yil 23 aprel kuni Samarqand tumani IIBga Samarqand tumani "Badal" MFYda yashovchi 1995 yilda tug`ilgan B.F. ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 21 aprel kunidan 22 aprel kuniga o`tar kechasi tumanning «Badal» mahallasi hududida joylashgan o`ziga  tegishli dehqon xo`jaligi er maydonidagi qo`yxonasiga noma`lum shaxslar g`ayriqonuniy ravishda kirib, qo`yxonadagi 12 bosh qo`ylaridan 6 donasini so`yib, 3 donasini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bildirib, ushbu noma`lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan 23.04.2023 yilda Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tezkor-qidiruv natijasida uch kishi qo`lga olingan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilib, jinoiy guruh tashkilotchisini qo`lga olish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar