AsosiyJamiyat

Bugun bir qator hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi

'Bugun bir qator hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32° bo`ladi.

Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar