AsosiyJamiyat

Namangan xalqaro aeroportining 1,5 mlrdlik davlat xaridi bekor qilindi

'Namangan xalqaro aeroportining 1,5 mlrdlik davlat xaridi bekor qilindi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan xalqaro aeroporti MChJ buyurtmachiligida “Kompleks tozalash (obodonlashtirish) xizmatini ko`rsatish” yuzasidan 2023 yil 2 may kuni o`tkazilgan 1 mlrd 440,0 mln so`mlik davlat xaridida  qonunbuzilishlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.  

Xususan, O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan.  

Ushbu xaridda ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining ikki nafar a`zolari foydalangan kompyuter  orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar bo`yicha davlat xaridi o`tkazilgan kunning o`zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan va qonuniy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.

Agentlik taqdimnomasiga binoan Namangan xalqaro aeroporti MChJ tomonidan 3 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar