AsosiyDunyo

Qozog`istonda o`zbekistonlik qochqin qo`lga olindi

'Qozog`istonda o`zbekistonlik qochqin qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`istonning Chimkent shahrida etti yildan beri xalqaro qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik qo`lga olindi. Bu haqda OTYRAR xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Turkiston viloyati IIB ekstremizmga qarshi kurashish bo`limi xodimlari narkotik moddalar bilan bog`liq jinoyat sodir etgani uchun 2016 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarosini aniqladi.

Gumonlanuvchi Sariag`ash tumani IIB vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Uni O`zbekistonga ekstradisiya qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar