AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tarixiy ob`ektlarga salkam 500 million so`m zarar etkazilgani aniqlandi

'Toshkent viloyatida tarixiy ob`ektlarga salkam 500 million so`m zarar etkazilgani aniqlandi'ning rasmi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda  tadbir o`tkazildi. Unda Oqqo`rg`on tumanida joylashgan "Shoxruxiya shaxristoni" arxeologiya yodgorligining 16 gektar er maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda, ushbu yodgorlik hududida o`zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy ob`ektga juda ko`p miqdorda – 315 million so`m zarar etkazilgan.

Shuningdek, Oqqo`rg`on tumanida qurilish hamda kadastr bo`limi mansabdor shaxslari "Hamid Olimjon" mahallasida joylashgan "Qiyritepa" arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar er maydonida noqonuniy ravishda suv inshootining qurilishiga yo`l qo`yishi oqibatida tarixiy ob`ektga juda ko`p miqdorda 180 million so`m zarar etkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko`ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar