"O`zgidromet" dam olish kunlari yurtimiz bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
Ertaga mamlakatimiz hududining katta qismida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 15-20o ni, kunduzi 27-32o ni tashkil etadi.
Yakshanba kuni O`zbekiston hududi bo`yicha havo ochiq, quyoshli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat respublikamizning shimoliy hududlari bo`yicha momaqaldiroq bilan yomg`ir yog`ishi prognoz qilinmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kechasi 13-18o ni, kunduzi 30-35o ni tashkil etadi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg`irlar yog`adi, 12-13 mayda ba`zi joylarda yomg`ir kuchli yog`adi.
Poytaxtimizda bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol esadi, bugun shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 27-29o ni tashkil etadi, ertaga kechasi 18-20o, kunduzi 27-29o, yakshanba kuni kechasi 16-18o, kunduzi 30-32o bo`ladi.






