AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" aholini 14−17 may kunlari Volga bo`yidan salqin havo kirib kelishidan ogohlantirdi

'"O`zgidromet" aholini 14−17 may kunlari Volga bo`yidan salqin havo kirib kelishidan ogohlantirdi'ning rasmi

O`zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullaev 14−17 may kunlari O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so`ngra Volga bo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotganligi haqida ogohlantirdi.

14−17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

14−16 may kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Yuqori tog`li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

14−15 mayda shimolda va cho`l hududlarda, 16−17 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

14−16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar