AsosiyJamiyat

⚡️O`zbekiston prezidentligiga yana bir nomzod e`lon qilindi

'⚡️O`zbekiston prezidentligiga yana bir nomzod e`lon qilindi'ning rasmi

Xalq demokratik partiyasidan Inoyatov Ulug`bek Ilyasovich nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko`rib chiqish uchun ma`qullandi.

2023 yil 12 may kuni O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo`lib o`tdi. 

Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni o`tkazilishi belgilangan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki to`g`risida masala muhokama etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Inoyatov Ulug`bek Ilyasovich nomzodi partiyaning Qurultoyida ko`rib chiqish uchun ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar