Toshkentda Nexia 2 avtomashinasi YTHga uchrab, ikkiga bo`linib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy izoh berdi.
Ushbu YTH bugun, 11 may kuni soat 07:30 atrofida Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo`lining 4P21 yo`lida sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, 2000 yilda tug`ilgan A.A. Nexia 2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida beton simyog`ochga borib urilgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






