“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel xavfi yuzaga keladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.






