AsosiyMadaniyat

Durdona kitoblarga ko`rk beruvchi mashhur ipak qog`ozining siri nimada?

'Durdona kitoblarga ko`rk beruvchi mashhur ipak qog`ozining siri nimada?'ning rasmi

”O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida“ tukumidagi kitoblar uchun Finlyandiya qog`ozi ishlatiladi. Kitoblarimiz sahifalari yaltiroq ko`rinishga kirishi uchun sahifaga engil, yoqimli jilo beruvchi maxsus lak suriladi.

Bilasizmi, ilk qog`ozlar Xitoyda ishlab chiqarilgan, lekin uni tayyorlash usuli to VIII asrgacha sir tutilgan.

Rivoyatlarda aytilishicha, VIII asr o`rtalarida Xitoy qo`shini Samarqand hududiga bostirib kirganida, Abu Muslim lashkarlari qattiq qarshilik ko`rsatib, ular ustidan g`alaba qozongan, ko`plab xitoyliklar asir olingan. Ular orasida qog`oz tayyorlash bo`yicha ustalar ham bor edi. Ular o`z jonini saqlab qolish uchun Samarqandda qog`oz ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga yordam berishgan. Shu paytdan boshlab to XVIII asrgacha Samarqand O`rta Osiyodagi ipak qog`oz ishlab chiqarish markaziga aylandi.                                                                                                

Ma’lumot uchun: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining bosh homiysi  Eriell Group neft-servis kompaniyasi ekanligini qayd etib o‘tamiz.

    Boshqa yangiliklar