Mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so`mdan to`lanishi e`lon qilingan. Ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to`lovlarni olishlari mumkin. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo`yicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:
- Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to`lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;
- xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so`mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensasiya qilish uchun 100 milliard so`m ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, "yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1 iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1 oktyabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.
11.05.2023 17:39
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi






