AsosiyJamiyat

Qamashida elkasiga bayroq taqqan yigitni olib ketgan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

'Qamashida elkasiga bayroq taqqan yigitni olib ketgan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi'ning rasmi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida elkasiga bayroq taqqan yigitni IIB xodimlari olib ketgani haqida xabar qilgan edik. 

Hozirda Bosh prokuratura axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i rangidagi tasmani taqib yurgan yigit bilan bog`liq holat yuzasidan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazish bo`yicha Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan.

Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, qonunga zid bo`lgan ma`muriy qaror sud majlisida ko`rib chiqilgunga qadar bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar