Avvalroq, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablarning birida o`qituvchi ayol o`quvchi qizning onasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibining xabar bermshicha, Toshkentda maktab o`qituvchisiga tan jarohati etkazgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






