AsosiyJinoyat

Gulistonda tadbirkorning 595,1 mln so`mini o`zlashtirgan do`kon sotuvchisi aniqlandi

'Gulistonda tadbirkorning 595,1 mln so`mini o`zlashtirgan do`kon sotuvchisi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departamentning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, “Y.B.” MChJ savdo do`koni sotuvchisi A.T. o`ziga ishonib topshirilgan alkogol mahsulotlari sotuvidan tushgan 595,1 mln so`mni kirim qilmasdan o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, tadbirkor manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar