DXX Jizzax viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyat sud boshqaruvchilar assosiasiyasi a`zosi pora olayotgan paytida qo`lga olindi.
Bu haqda O`zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Sharof Rashidov tumanida ro`yxatdan o`tgan oilaviy korxona rahbari ishonchiga kirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda korxonaning soliq organidan yuzaga kelgan 23 mln 200 ming so`m qarzdorligini yo`q qilib berish va bankrot deb topish evaziga undan 12 mln so`m talab qilib, pullarni Jizzax shahridagi xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





