Maktab direktori o`rinbosarlari moddiy rag`batlantirib boriladi
Yoshlar ishlari agentligi mas`ul xodimi Isroil Tillaboevga ko`ra, MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qo`shma qaror imzolangan.
Unga ko`ra, maktab direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag`batlantirish mukofot pullari berib boriladi.






