Xitoyda o`z ishini boshlagan Butunjahon turistik shaharlar federasiyasi (WTCF)ning navbatdagi sammitida dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O`zA.
Unda Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari – turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig`i Samarqandning turizm salohiyati, sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar haqida taqdimot qilgan.
Ma`lumot uchun: WTCF 2012 yilda dunyoning mashhur turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bo`lib, shaharlarga asoslangan birinchi xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi. Samarqand ilk bor 2018 yilda WTCF sammitda mehmon sifatida ishtirok etdi va shundan so`ng tashkilot a`zoligiga qabul qilingan.






