AsosiyDunyo

Kim Chen In Putinni G`alaba kuni bilan tabrikladi

'Kim Chen In Putinni G`alaba kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

9 may kuni Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In G`alaba kuni munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tabrik telegrammasi yo`lladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Unda Rossiyaning xalqaro adolat uchun kurashda g`alaba qozonishiga ishonch bildirilgan.

“Ishonchim komilki, siz rahbarligingizdagi qat`iyatli va adolatli rus xalqi bundan buyon ham suverenitet, mamlakat qadr-qimmati hamda mintaqada barqarorlikni ta`minlash, har qanday chaqiriqlarni engish yo`lida g`alaba qozonadi. Shu munosabat bilan sizlarga xalqaro adolatni ro`yobga chiqarish uchun muqaddas kurashga mardonavorlik tilayman va Rossiya armiyasi hamda xalqiga yana bir bor qizg`in jangovar salomlar yo`llayman”,  — deyiladi telegrammada.

    Boshqa yangiliklar