Biroz avval bugun Pokiston sobiq bosh vaziri hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Muxolifatdagi partiya rahbari Imron Xon o`g`irlab ketildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
“Geo TV” telekanali ma`lumotlariga ko`ra, Imron Xon Islomobod Oliy sudi tomonidan “Al Qadeer Trust” tashkilotiga qarshi o`g`irlik ishi ko`rib chiqilganidan so`ng hibsga olingan. Sobiq bosh vazir sud binosidan noma`lum shaxslar tomonidan olib ketilgan.
"Tehrik-i-Insaf" partiyasining rasmiy akkaunti Tvitter`da Imron Xonning advokatining kaltaklangani aks etgan videoni joylashtirdi va u Islomobod Oliy sudi oldida og`ir yaralanganini yozdi.






