AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Ispaniya ekstradisiya va mahkumlarni topshirish bo`yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

'O`zbekiston va Ispaniya ekstradisiya va mahkumlarni topshirish bo`yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 8-11 may kunlarida BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi hamda Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O`zbekistondagi loyihalar koordinatori ko`magida tashkil etilgan tashrif doirasida Ispaniya Qirolligi Adliya vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tgan.

Muzokaralarda O`zbekiston va Ispaniya Qirolligi o`rtasida jinoyat ishlari bo`yicha o`zaro huquqiy yordam ko`rsatish, ekstradisiya va mahkumlarni topshirish to`g`risidagi davlatlararo shartnomalar loyihalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Muloqot davomida tomonlar idoralararo o`zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama etib, yaqin istiqbolda hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab olishlari kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar