AsosiyJamiyat

Markaziy saylov komissiyasi muddatidan ilgari Prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi

'Markaziy saylov komissiyasi muddatidan ilgari Prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi'ning rasmi

Markaziy saylov komissiyasi muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ishlarini boshladi. Shu munosabat bilan 2023 yil 10 may kuni soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tadi.

Majlisda muddatidan ilgari Prezident saylovi bo`yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e`lon qilish hamda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini belgilash masalalari ko`rib chiqiladi.

Mazkur majlis MSKning YouTube-sahifasi (https://www.youtube.com/channel/UCyP8mSeriMgqqQU1cCX_nnw/featured) orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.

    Boshqa yangiliklar