Bugun, 9 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Moskvadagi G`alaba paradida qatnashadigan boshqa davlat rahbarlarining kun tartibi ochiqlandi.
Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Moskva. Kreml. Putin” dasturi muallifiga Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma`lum qildi.
Uning aytishicha, 9 may G`alaba kunida Prezident Vladimir Putin va MDH davlatlari etakchilari paradda ishtirok etishi, gulchambarlar qo`yishi, shuningdek, norasmiy nonushta rejalashtirilgan.
“Birinchidan, parad soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlanadi. Prezident so`zlaydi, davlat rahbarlari u bilan birga minbarda bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, Noma`lum askar qabriga birgalikda gulchambar qo`yiladi, so`ngra davlat rahbarlari, mehmonlar huzurida Prezident (Putin) bilan norasmiy nonushta rejalashtirilgan”, degan Dmitriy Peskov.
Moskvadagi G`alaba paradida Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston Prezidentlari hamda Armaniston Bosh vaziri ishtirok etadi.






