Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskvaga boradi. Bu haqda Novosti-Armeniya xabar berdi.
Hukumat matbuot xizmati xabariga ko`ra, Pashinyan 9 may G`alaba kuni munosabati bilan o`tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga jo`nab ketadi.
Eslatib o`tamiz, Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 7 may kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga etib borgan edi. Qosim-Jomart Tokaevning ham ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 78 yilligiga bag`ishlangan paradda ishtirok etish uchun Rossiyaga borishi haqida xabar berildi.






