Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to`g`risidagi 148-sonli Jeneva Konvensiyasi (Jeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikasiya qilindi. Bu bo`yicha qonun Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2023 yil 6 may kuni imzolangan.
Konvensiyaning ratifikasiya qilinishi xodimlar huquqlarini himoya qilishning qo`shimcha kafolatlarini yaratish imkonini berishi va mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yanada takomillashtirishga yordam beradi.
Ma`lumot uchun Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy qonunchilik yoki me`yoriy hujjatlar orqali ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.






