AsosiyJamiyat

Saylov kodeksiga o`zgartirishlar kiritildi

'Saylov kodeksiga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

”O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Saylov kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a`zosi bo`lishi mumkin emas.

Shuningdek, prezident muddatidan ilgari O`zbekiston Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to`liq muvofiq holda 2 oy ichida o`tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to`liq muvofiq holda 3 oy ichida o`tkaziladi.

Senat tomonidan o`zini o`zi tarqatib yuborish to`g`risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a`zolarining saylovi ushbu kodeksga to`liq muvofiq holda 1 oy ichida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar