"Bularning barchasi – millati, tili va dinidan qat`i nazar har bir yurtdoshimiz “qilsa bo`lar ekan-ku”, deb o`z ro`zg`ori, oilasi misolida yurtimizda yuz berayotgan katta o`zgarishlarni yaqqol sezayotganidan dalolat emasmi?
Konstitusiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo`lgan davrda o`tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitusiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo`ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo`lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz!”, - dedi davlatimiz rahbari.
Albatta, xalqimizning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchamizga katta mas`uliyat yuklashi, el-yurtimizni rozi qilish uchun bizni yangi marralarga undashi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-g`ayrat va ilhom bag`ishlashi ta`kidlandi.
"O`zining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, g`oya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan ko`p millatli, mard va olijanob xalqimizga ta`zim qilaman”, - dedi Prezident.
08.05.2023 11:32
Asosiy qonunimizni qabul qilishda faol ishtirok etgan ko`p millatli, mard va olijanob xalqimizga ta`zim qilaman – Prezident






