AsosiyJamiyat

Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko`rsatdi – Shavkat Mirziyoev

'Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko`rsatdi – Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev parlament a`zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o`tkazmoqda. Bu haqda Prezident axborot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari o`z nutqining avvalida Konstitusiya bo`yicha referendum yakunlariga to`xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30 aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma`nodagi ulkan tarixiy voqea bo`lib o`tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitusiyamizni qabul qildik.

Referendumda ishtirok etgan fuqarolarimizning mutlaq ko`pchiligi “Bu – mening Konstitusiyam”, deb g`urur bilan ovoz berdi.

Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko`rsatdi.

Ushbu tarixiy tanlov orqali xalqimiz bundan olti yil oldin boshlagan islohotlarimizga katta ishonch bilan qarab, ularni to`la qo`llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi", - dedi davlatimiz rahbari.

El-yurtimizning ana shunday azmu qarori asosida davlatchiligimiz va iqtisodiyotimizni bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilgani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar