Bosh prokuratura tomonidan prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash borasida barcha zarur choralar ko`rilmoqda, deya xabar bermoqda BP matbuot xizmati.
Bunda eng avvalo, xodimlar o`rtasida nojo`ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo`l qo`ygan xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qa`tiy choralar ko`rishga e`tibor qaratilmoqda.
Shunday tadbirlar doirasida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.larning jinoiy qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga aralashish va to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.






